Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bu savolga javob berishdan oldin, avval nimaga asoslanib javob berayotganingizni ko‘rib oling! Ota-bobolardan qolgan maqollarga tayanyapsizmi, yoki millatchilik va vatanparvarlik tuyg‘usiga suyanib javob qilyapsizmi? Agar eng to‘g‘ri javobni istasangiz, Allohning so‘ziga quloq tuting: «Ey iymon keltirgan bandalarim! Mening yerim kengdir! Bas, shunday ekan, faqat Menga bandalik (qullik) qilinglar!» (Ankabut, 56). Oyatdagi bir nuqtaga e’tibor bering: «Yerim keng faqat Mengagina qullik qiling» Ya’ni, “Vatanimni boy bermayman” deb, bir vaqtning o‘zida ham tog‘utga, ham Allohga qul bo‘lib yurmang! Chunki tog‘ut hukmi ostida Allohgagina chinakam qullik qilishning uddasidan chiqish mumkin emas. Shu bois Alloh taolo Muso alayhissalomga vahiy qilib, fir’avnga aytishni buyurdi: «Banu Isroilni Biz bilan qo‘yib yubor!» (Toha, 47). Demak, dinga kirgan kishi uchun birinchi vazifa — kimga qulligini aniq belgilab olishdir!