Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Nega Ashuro kuni ro‘zasi bir yillik, Arafa kuni ro‘zasi esa ikki yillik gunohlarga kafforat? Ya’ni, Arafa kuni afzalroqmi? Ibnu Qayyum rahimahulloh aytadilar: «Chunki Arafa kuni haram oyida (ya’ni Zulhijja) bo‘ladi. Undan oldingi oy ham haram oyi (Zulqa’da), undan keyingi oy ham haram oyi (Muharram). Ashuro kuni esa faqat bitta haram oyida, undan keyin haram oy yo‘q! Ikkinchidan: Arafa kuni ro‘zasi — bizning shariatimiz komil bo‘lgan kun! Ashuro kuni esa — Muso alayhissalom Fir’avnga g‘alaba qilgan kun. Arafa kuni bizning shariatimiz va payg‘ambarimiz Mustafo sollallohu alayhi va sallam sababli yanada barakotliroq qilindi.» (Al-Favaid kitobidan). Ashuro kunida yana bir voqea sodir bo‘lgan: bu kunda Husayn raziyallohu anhumo qatl qilinganlar. Shu bois bu kun shiyalarda motam va mahzunlik kuni hisoblanadi. Ammo biz uchun esa, yahudlar tavhid ahli bo‘lganda g‘alaba qilingan kun — g‘alaba kuni! Lekin shunda ham ularga taqlid bo‘lmasligi uchun, bir kun oldin yoki bir kun keyin qo‘shib ro‘za tutishga buyurildik. Xulosa: Bugun “Niyatim to‘g‘ri-ku” deb g‘arbga taqlid qilib yurganlarning hukmi nima bo‘lar ekan? (Masalan, Yangi yilni nishonlashda).