Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ibnul Qayyim rahimahulloh aytdilar: “Haqiqiy xorlik shuki: banda ne’mat beruvchi Allohni qo‘yib, ne’matning o‘zi bilan mashg‘ul bo‘ladi (ya’ni ne’matni gapiradi, ammo Ne’mat Beruvchini zikr qilmaydi). Yoki unga kelgan balo-ofat bilan mashg‘ul bo‘lib, imtihon beruvchi Zotini unutadi (ya’ni ‘oh-voh’ chekib, musibatini aytadi, lekin kim unga musibat berayotganini eslamaydi va U Zotga murojaat qilmaydi). Kishiga Alloh doimo azoblanishi uchungina balo yubormaydi. Balki ba’zan uni tarbiyalash uchun balo yuboradi.” (Madarijus-Salikin) Izoh: Odamlarda uchraydigan eng katta nuqsonlardan biri — mana shu xislatdir. Ya’ni, nega balo-imtihon kelayotganiga e’tibor qilmaydi, o‘zini isloh etishga urinmaydi. Faqat “qiynalib ketdik” deb hammaga shikoyat qiladi. Natijada Allohni maxluqqa shikoyat qiladi — na’uzubillah!