Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bugun hamma ma’ruza qilayapti va eshitayapti. Lekin bir narsani yoddan qochirmaylik: ma’ruzadan ikki foyda kelib chiqishi zarur. Aks holda, o‘zimizga ham dunyoda, ham oxiratda ziyon bo‘ladi! Bu ikki foyda Qur’oni karimda quyidagi oyatda keladi: «Agar ular o‘zlariga qilingan va’z–nasihatlarga amal qilganlarida edi, albatta, o‘zlariga yaxshi bo‘lardi va ularni yanada ashaddiy sobit qilar edi» (Niso: 66). Demak: 1-foyda: Agar va’z–nasihat bu qulog‘idan kirib, narigisidan chiqadigan qilib eshitilsa, bunda yaxshilik yo‘q! Alloh taolo “amal qilganlarida yaxshilik bo‘lardi” dedi, “eshitganlarida” demadi. 2-foyda: Agar amal qilganlarida, ularni ashaddiy sobitqadam qilardi! Agar biz eshitgan narsalarimizga amal qilmas ekanmiz, bu yo‘lda sobitqadam bo‘la olmaymiz. Ertaga birgina imtihonda hamma tum-taraqay qochayotganini ko‘rasiz. Chunki aqidasini amal bilan mustahkamlamagan odam chidamsiz bo‘ladi. Dunyo va oxiratda bizga eshitganlarimiz ziyon bo‘lishining sababi shunda: dunyoda katta gapirib, hammani o‘zimizga qaratib olaylik, ammo musibat kelganda unga dosh beradigan iymonimiz bo‘lmasa — chunki amal yo‘q — natijada bu musibatlardan keyin odam yo sotqin, yo bir yo‘la dindan qaytgan murtad bo‘lib chiqadi. Bu esa dunyo va oxirat uchun eng katta zarar bo‘ladi. Qachonki eshitganlarimizni amal bilan mustahkamlab borsak, shundagina ertaga musibatga dosh beradigan ashaddiy sobit iymon hosil bo‘ladi. Aks holda, vodorod bombasini sinovdan o‘tkazayotgan dushman qarshisiga zahirasi o‘qlanmagan to‘pponcha bilan chiqqan odamning ahvoliga tushamiz.