Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh azza va jalla aytadi: «Qachonki ikki jamoat (ya’ni Bani Isroil va Fir’avn lashkarlari) bir-birlarini ko‘rishgach, Musoning ashoblari aytdi: “Batahqiq, biz qo‘lga tushdik!” (Shunda) Muso aytdi: “Yo‘q! Albatta Robbim men bilan! U hali menga yo‘l ko‘rsatadi!” Bas, shunda Musoga vahiy qildik: “Asoying bilan dengizni urgin…” (Shuaro: 61–63). Na biz, na dushman oxirini belgilaymiz. Bidoya va nihoya Allohning qo‘lidadir. Shuning uchun «Abu shibr» — ya’ni hamma narsani o‘z qarichi bilan o‘lchaydigan, har narsada dovdirab qoladigan bo‘lmang! O‘zingizni Allohga topshiring! Qachonki holat “hammasi tugadi” degan darajaga borib, dushman bilan yuzma-yuz bo‘lganda — Allohning o‘zi yo‘l ko‘rsatadi. Dushmanga yuzlanishda Alloh ko‘rsatgan yo‘lga qarang: “Aso bilan urgin!” Demak, hatto dengiz yorilib, mo‘jiza sodir bo‘layotgan paytda ham “asoyimiz va bilagimizda kuch” tayyor turmog‘i lozim ekan! Allohim! Qo‘limizga “asoyimizni” tutqazgin! Bilagimizga zarba beradigan qudrat ato qilgin! Fir’avnlardan bizni xalos qilgin! (Alloh bizni dushman jamoatiga yo‘liqtirganda, hidoyat qilinganlardan qilgin, foyda chiqarganlardan yozgin!)