Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bugungi kunda biz musulmonlarning birlasha olmayotganligimizning sabablaridan biri shuki, kofirlar o‘rnatib qo‘ygan “charxpalak”ga tushib qolganimizni anglamaymiz! Bir charxpalakda to‘rt kosa bo‘lsa, u aylanganda 1-kosa suvga botadi. Shunda 2-kosa xursand bo‘lib: «Mana buni qaragin! Suvga botib ketdi» deb, aslida navbat o‘ziga kelishini unutadi! Keyin esa 1-kosa suvdan chiqib qarasa, 2-kosa botayapti. U ham o‘z ustidan kulganini eslab, beixtiyor: «Battar bo‘l! O‘zing aybdorsan!» deydi. Shu kabi: Sufiylarga, mujohidni yomon ko‘rsatish imkonini berib qo‘yadi. Lekin bechora bilmaydi: mujohidni (garchi xatosi bo‘lsa-da) yomonlayman deb, odamlar ko‘zida jihodni yomon ko‘rsatib qo‘ymoqda! — Mujohid esa chiqib: «Sen tasbeh qaytarib yuraver…» deb sufiyga rad qiladi. Lekin u ham bilmaydi: shu gap bilan Islomdagi eng buyuk ibodatlardan bo‘lgan zikrni arzimas qilib ko‘rsatib, o‘ziga ham ta’na orttirmoqda! — Ahli ilmdan biror kishi mujohidga raddiya qilsa, mujohid chiqib: «Sen kitob qo‘ltiqlab yuraver, kitob ko‘targan eshak…» deydi. Lekin u ham sezmaydi: bu ohang bilan odamlar ko‘zida ilmni qadrsizlantirib qo‘ymoqda! Shu tariqa charxpalak aylanaveradi, musulmonlar esa bir-birini yeb tugataveradi. Alloh bizni bu xatolikdan ogohlantirib aytadi: «Agar ular sizlarning orangizda chiqishganida, sizlarga faqat zarar keltirardilar! Ular fitna istab, oralaringizga ig‘vo solar edilar. Sizlarning orangizda ularga tinimsiz quloq soladigan (sammoa) kishilar ham bor.» (Tavba: 47) Oyatdagi “sammoa” so‘ziga e’tibor bering! Ya’ni birovning aybini eshitib-eshitib, keyin uni tiliga chiqarib yomonlay boshlaydigan kishini “sammoa” deydi. Ana shundan fitna chiqadi! Allohim, bizni bu “charxpalak”dan qutqargin!