Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Rasululloh ﷺ Madinaga hijrat qilib kelishlaridan oldin, u yerda Avs va Xazraj qabilalari orasida siyosiy nizolar mavjud edi. Urushlar barchani holdan toydirgan, jamiyatni charchatib qo‘ygan edi. Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar: «Bu’os kuni — Alloh taolo Rasuliga tayyorlab qo‘ygan kun edi». Chunki o‘sha kunda Avs va Xazrajning barcha kattalari urushib halok bo‘lib, maydon yangi kuchlarga — Rasululloh va sahobalarga ochilgan edi! Xuddi shuningdek, qiyomatdan oldin ham, hadisda kelganidek, Makkada uch amir o‘zaro jang qiladi. So‘ngra ulardan birortasiga ham Makka mulki nasib qilmaydi. Balki ana shu to‘polon orasidan Imom Mahdiy va u zotning ansorlari yetishib chiqadilar! Shuning uchun bugun dunyoning qaysi qismida shunga o‘xshash «Ajdarholar jangi» ketayotgan bo‘lsa, bu musulmon jamoatlari ulg‘ayib, qudratli bo‘lishi uchun eng yaxshi fursatdir! Ba’zi «Abul-Hakam»larning: «U yerda Amerika bilan Rossiya urushayapti» degan safsatalariga aldanmang! Haqiqatda u yerda «Ajdarlar jangi» ketmoqda. Lekin uning ortidan yangi imoratlar, yangi kuchlar qad rostlayapti!