Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Inson o‘zining qo‘l ostidagi xotini va farzandi uning amrlariga so‘zsiz taslim bo‘lishini istaydi. Shuning uchun erkak kishiga eng yoqadigan ayol: «Borim bilan siznikiman» deydigan xotin bo‘ladi! «Nega? Nima qilmoqchisiz?» degan savollarni esa ko‘pchilik yoqtirmaydi. O‘z navbatida erini chin dildan yaxshi ko‘rgan xotin ham borini eriga havola qiladi, unga nisbatan qiladigan buyruqlarini muhabbat va ixlos bilan bajaradi. Holbuki, na er ayolini yaratgan, na ayol erini! Lekin ular orasidagi muhabbat ularni bir-birlariga nafslarini topshirishga majbur qiladi. Endi tasavvur qiling: bizni yaratgan Zot, nima biz uchun yaxshiyu, nima biz uchun yomonligini bizdan yaxshiroq biladigan Zot, ota-onadan ham mehribon bo‘lgan Zotga — nahotki borimizni topshira olmaymiz?! Qo‘rqamizmi? Yoki ishonqiramizmi? Demak, unga bo‘lgan muhabbatimiz rost emas! Va bu esa, U zot ham bizga muhabbat qo‘ymaganidan darakdir! Alloh taolo aytadi: «Agar (biror ishga) azm qilsangiz, Allohga tavakkal qiling! Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni yaxshi ko‘radi!» (Oli Imron, 159). Imom Qurtubiy rahimahulloh aytadilar: «Ya’ni Alloh qadariga rozi bo‘lib, Uning hukmiga — nima bo‘lsa bo‘lsin deb — rozi bo‘luvchilarni yaxshi ko‘radi. Endi ularga yoqimlisi bo‘ladimi yoki ular istagiga xilof ish sodir bo‘ladimi, bularning farqi yo‘q».