Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo Muso alayhissalomga vahiy qilib, Fir’avnga borishni buyurganida, u zot qanday javob qilganlariga qarang: «Akam Horun mendan ham tili burro. Uni ham men bilan jo‘natgin», — dedilar. (Qasos, 34) Mas’uliyat kattaligi sabab, bu ishga qobiliyatli akasini jalb qildilar! Va uning tili burro ekanini ochiq tan oldilar, e’tirof etdilar! Ammo bugun tog‘utlar oldida (yoki ular aytganchalik davlat rahbarlari oldida) da’vat qilaman deb yig‘ilib olgan «da’vatchilar» na o‘zlari tili burro bo‘lib ularni da’vat qiladi, na tili burro odamlarni e’tirof etib, ularning chiqishiga yo‘l beradi. Balki ertayu kech shaytonga o‘xshab: «Men undan yaxshiman! Men olovdanman, u esa suvdan!» — deb turaveradi! (A’rof, 12) Achinarli tomoni shundaki, endi tog‘utlar ularni tik turg‘izib: «Qanaqa odamsan?! G‘ayrating qo‘zib, da’vat qilmaysanmi?» — desa ham, ko‘zi mo‘ltirab qarab turaveradi! Na til bor, na andisha!