Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo aytadi: «Albatta, Alloh iymon keltirganlardan (ayblovlar va yomon bo‘htonlarni) daf qiladi. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni yaxshi ko‘rmaydi.» (Haj, 38) Ushbu oyat — mo‘min uchun hayotdagi eng katta tasallilardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki mo‘minlarga qarshi ikki toifa fitna va bo‘hton qiladi: xoinlar — ya’ni munofiqlar va kofirlar! Ular mo‘min qilmagan ishini qildi, aytmagan so‘zini aytdi, deb fitna qilganida, Alloh taolo mo‘minlarga tasalli berib, bu ikki toifa qarshisida U zotning O‘zi mudofaa qilishini bildirdi! Endi mo‘minning iymoni qanchalik kuchli bo‘lsa, Allohning mudofaasi ham shunchalik kuchayadi. Aksincha, iymon zaiflashsa, mudofaa ham susayadi. Agar Alloh sizni mudofaa qilmay qo‘ygan bo‘lsa, o‘zingizni oqlash uchun munofiq va kofirlar bilan talashib vaqt yo‘qotmang! Sababni boshqa joydan izlang: iymoningizni to‘g‘irlang, qalbingizni mustahkamlang — Allohning O‘zi sizni ayblovlardan oqlab qo‘yadi.