Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ilm talabidan yoki tarqatishdan to‘xtab qolgan ba’zi talabalar yoki ularning muxlislaridan shunaqa gaplarni eshitasiz! Haqiqatda shundaydir, lekin bir narsani unutmang: sizni (nimani sabab qilib bo‘lsa-da) to‘xtatib qo‘ygan, boshqani esa harakatlantirib qo‘ygan Zot bor! Ilm — bu faqat xotira va qobiliyat emas! Eshiting: «Ar-Rahmon! (U) Qur’onni ta’lim berdi» (Ar-Rahmon, 1–2). Ilmni Rahmon o‘z rahmati bilan beradi — sizning xotirangiz bilan emas! Yana eshiting: «Agar xohlasak, sizga qilgan vahiyni albatta (xotirangizdan) ketkazib yuborardik. So‘ngra sizga qarshi o‘zingizga u (vahiyni qaytarishga) vakil topa olmasdingiz. Faqat (bu) Robbingizdan bo‘lgan rahmat, xolos!» (Al-Isro, 86). Hatto Rasulga ham Alloh rahmatidan bergan bo‘lmasa, xotirasi va qobiliyati foyda bermas edi! Yana aytiladi: «Siz o‘zingizga kitob tushirilishini umid ham qilmas edingiz! Faqat Robbingiz rahmatidan (tushdi), xolos!» (Qasos, 86). Endi mana bu oyatga qarang: «Agar u (mushrik)larga bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, ular: “Ha, eshitdik. Agar xohlasak, biz ham buning mislidek ayta olardik”, — deyishadi.» (Al-Anfol, 31). Bu gap — mo‘min uchun noloyiq so‘z! Endi «Xohlasam unday, xohlasam bunday qilib yuboraman» deb yurganlar, ko‘zingizni oching! Muammo shu: “Xohlay olmayotganingizda” Ya’ni, Alloh sizga rahmatini ravo ko‘rmayotganida. (Sabr bilan harakat qiling.)