Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Allohning qonunlaridan biri shuki, gohida zolimni mazlumning ko‘z o‘ngida halok qilib, uning ko‘zgusini quvnatadi! Alloh taolo aytadi: «Va sizlar qarab turgan holda Fir’avn ahlini g‘arq qildik.» (Baqara, 50) Bir necha yillar oldin ularning «soyasidan» ham qo‘rqib, «devorning ham qulog‘i bor» deb yurilgan tog‘utlar va ularning ahlini Alloh taolo birin-ketin ko‘z o‘ngimizda halok qilmoqda! Va hamma ularning ustidan kuladigan qilib qo‘ydi! Alloh taolo aytadi: «Ularni afsonaga aylantirib, parcha-parcha qilib tashladik.» (Saba, 19) Bu musulmonlarga shunchaki ne’mat emas, balki katta imtihon hamdir — hozirgi zolimlardan ham qo‘rqib, ularni «Xudo» qilib olmanglar! Bir necha yil o‘tib, bular ham parcha-parcha bo‘lib, afsonaga aylanadi! Alloh aytadi: «Ajab emaski, Robbingiz dushmanlaringizni halok qilsa, va ularning o‘rniga yerda sizlarni qoldirib, qanday amal qilishingizni ko‘rsa» (A‘rof, 129) Alloh dushmanlarni afsonaga aylantirayotganini faqat ne’mat deb qabul qilib, o‘zimizni adashtirmaylik! Balki bu — «Qani endi, nima amal qilarkanlar, ko‘ramiz» degan imtihondir!