Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
«Mo‘minga valo qilish — undan o‘zingizga kelayotgan zararlarga uzr berish demakdir! Buni chumolidan o‘rganing!» Alloh taolo aytadi: «Chumoli dedi: “Ey chumolilar! Maskanlaringizga kiringlar! Toki Sulaymon va uning lashkarlari o‘zlari sezmagan holda sizlarni parchalab ketmasin!”» (Naml, 18). Chumoli mo‘minlarga valo qildi. Garchi ular endi chumolilarni bosib parchalab yuborsa ham, uning valosi o‘zgarmadi! Balki: «O‘zlari sezmasdan» deb uzr berdi! Bugun musulmonlar orasida Al-Valo (do‘stlik) tushunchasi chumolichalik ham qolmadi! Qachon bir mo‘mindan zarracha zarar yetib qolsa — garchi bu uning ixtiyorisiz bo‘lsa-da, garchi unga zarar aslida kofirdan kelgan bo‘lsa-da — birdaniga hammasiga: «sen sabab!» deb baroat qilinmoqda! Mo‘minlar o‘rtasidagi do‘stlik (Al-Valo) — ularga uzr berish bilan bilinadi! «Bilmagandir», «Sababi bordir», «Vaziyati qiyindir» — deb o‘ylashni, uzr topishni o‘rganaylik!