Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bugun ummatimizda ayollarning tutgan o‘rniga qarab, yuqoridagi ta’birdan boshqa so‘z topmadik! Chunki ayollar ichida ularning diniy ehtiyojlarini qondira oladiganlar deyarli yo‘q hisob. Shuning uchun to‘rtta kampir davralarda irim-sirim qilishdan nariga o‘tolmaydi! Endi qiziq: nahotki Alloh ummati Muhammad ayollarini shunday layoqatsiz qilib qo‘ygan bo‘lsa?! Yo‘q, unday emas! Faqat bu kadrlar “muzlatilgan”, xolos! Ularni eritish kerak. Buning uchun, eng avvalo, ayol-qizlarning valiylari, erlari, aka-ukalari, qaynona-qaynotalari yaxshi bilib olsinlar: Ayol — erkakning xizmatini qilib, umri o‘tib ketishi uchungina yaratilmagan! Kadrlarning yuzaga chiqishi uchun ozroq bo‘sh bering! «Supur», «yuv», «tozala» degan buyruqlarni kamaytiring. Sizdan-da ishi ko‘p bo‘lgan zot — Rasululloh ﷺ uy ishlarini o‘zlari qilar edilar! O‘zingizni «qorningiz»ni to‘ydiraman deb, butun ummat ayollarining ruhiyatini «och» qilib qo‘ymang! Alloh taolo aytadi: «Mo‘min va mo‘minalar ba’zilarining valiysidir. Ular amr-ma’ruf qiladilar, nahy-munkar qiladilar» (Tavba, 71). Ayollar orasida amru ma’ruf bo‘lishi — dinning ajralmas asoslaridan biridir! Agar bunga rozi bo‘lmasdan, tog‘utlarga o‘xshab faqat ishlatib yashashni istasangiz — unda o‘zingiz ham o‘lguningizcha bir tog‘utning ostida xizmatkor bo‘lib yashashga rozi bo‘lavering!