Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ibnu Taymiyya rahimahulloh aytadilar: «Qanday toifa bo‘lishidan qat’i nazar, albatta, ba’zilarida shunday so‘zlar bo‘ladiki, tashqi ko‘rinishi fasodga o‘xshaydi. So‘ngra aynan shu so‘zlarni muxoliflar yodlab olib, ulardan odamlarni nafratlantiradilar.» Allohning hikmati shuki, har qanday olimda xato bo‘lishi taqazo qilingan. Chunki olimlarning xatosi ikki toifani fosh qiladi: 1.Havoyi nafsiga qul bo‘lganlar. 2.Noinsoflar. Ular ba’zi fatvolardagi xatoni yoki mujmal so‘zlarni eng xunuk ehtimollarga olib gapiradilar. Masalan: Abu Hanifa rahimahulloh mazhabida ayol kishiga nikohda valiy shart emas. Endi bir havosiga qul bo‘lgan kishi kelib: «Abu Hanifa ayolni o‘g‘irlab ketishga fatvo bergan!» deb da’vo qiladi. So‘ng ikkinchi muxolif chiqib: «Seni ham, fatvo berganingni ham» deb malomatni boshlaydi. Shunda ixtilof chiqib ketadi. Aslida bu odamning vazifasi, Abu Hanifa rahimahulloh xatosini bo‘rttirmasdan, shar’iy asosda raddiya qilish edi! Va hokazo, yana ko‘plab misollar keltirishingiz mumkin. Bugungi ixtiloflarning ham sababi shunda. Kimdir: «Benamozni kofir dedi» — deb, shu bilan butun xalqni qatl qilishga hukm qo‘ymoqchi bo‘ladi! Yoki: «Qon tahoratni buzmaydi dedi» — deb, shu bilan hayz ko‘rsa ham tahorat buzilmaydi demoqchi bo‘ladi! Va hokazo fitnalar! Allohul-Musta‘an a‘la ma tasifun! Mana bu uslub kimga qilinsa ham, pastkash yoki havoyi nafsiga ergashgan kimsalarning uslubidir. Ya’ni: «Muxolifning so’zini eng xunuk ehtimolga yo’yish!»