Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Rasululloh alayhissalom Makka fathiga yurish qilganlarida, «Marrul-Zahron» degan joyga sahobalarni tushirdilar va hammaga «Mash’ala» yoqishni buyurdilar. Natijada 10 000 mash'ala yoqildi! Buni ko‘rgan Abu Sufyon: «Bu qanday mash'alalar! Go‘yo Arafa kuni (ya‘ni hajdagidek) ko‘p-ku!» deb yuragiga g‘ulg‘ula tushdi va taslim bo‘lib iymon keltirdi. Mana sizga siyosat! Bugun uyda: «Nusrat qachon keladi, ey Robbim» deb yotish o‘rniga o‘ringizdan turing! Hech bo‘lmasa samimiy va jonli «mash’ala» yoqib, musulmonlar adadini ko‘paytira olarsiz! Lekin bugungi «mash’ala» internetda yoqiladigan «mash'ala» bo‘lib, kerak bo‘lsa har bir musulmon qo‘lidagi bitta telefon bilan 100 ta Facebook, Instagram, YouTube, Telegram va hokazolarni ochib, bir Mujohid 100 mujohidga, bir Muhlis 100 muxlisga aylanib, diniy darslar tarqalishi va ko‘rilishi ko‘payishiga hissa qo‘shishga qodir! Bunda siz ba’zi pastkashlarning: «Yuzingni och, o‘zi sen kimsan internet orqasidan turib gapirasan» degan so‘ziga aldanmang! Ular mana shu so‘zlari bilan «Islom mash’alalarini» ko‘payishini xohlamaydigan, kufr mash'alasini zohir bo‘lishini istaydigan «Munofiqlar» ekanliklarini isbot etdilar. Endi bu so‘zlarni o‘qib ham, din uchun ozroq harakatga kelmasangiz, «Allohim, dinda nusrat ber» deyishga uyaling!