Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Allohning shariyatini o‘zining eshigidan kelib tatbiq qilmasdan, uni parlamentga tashlab, ochiq-oshkora ovoz berish yoki demokratiya yo‘li bilan «Islomni qo‘yman» deyish, go‘yo: «Shariatda naslni ko‘paytirishga buyurilgan, ummatim ko‘pligi bilan faxrlanaman deyilgan. Shuning uchun men zino qilib hammani tug‘dirmoqchiman!» deyishga o‘xshaydi — nauzu billah! Odatda, valadi zino ulg‘ayib, na otani, na onani tan olmaydigan farzand bo‘lib yetishi kuzatilgani kabi, bu «demokrat musulmonlar» na mujohidni, na olimlarni tan olmaydigan, «Islomni benikoh farzandlari» bo‘lib ulg‘ayishadi! Bugun buning tasdig‘ini «Usmonilarning nabirasiman» degan bir «demokrat xalifada» ko‘rib turibmiz. Oyoqqa turgan kishi bo‘lib, endi na mujohidni, na olimni tanimasdan, ota-onasiga oq bo‘lgan valadi zinoni ishini qilmoqda. O‘zbeklar, siz ham shu qopqonga tushmang! Alloh taolo aytadi: «Uylarga eshigidan kelinglar.» (Baqara: 189) Demokratiya, saylov hech qachon Islom eshigi bo‘lmaydi! Garchi bu uslubda islomning 99% ahkomi qo‘ym qilinsa-da, islom eshigidan kelinmas ekan, bu ishlar sarob. Buning dalili: Alloh taolo aytadi: «Ayting: Ey ahli kitoblar! Sizlar Tavrot va Injilni, va o‘zlaringizga Robbingizdan nozil qilingan narsa (Qur’onni) qoim qilmaguningizcha hech qanday narsa ustida emassiz.» Toki «Qur’onni qoim qilaman» demas ekansiz, qolgan hamma iddaolaringizga qaramasdan: «Hech kim emassiz!» Buning yana bir tasdig‘i: «Ayting: Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmayman.» (Kafirun: 1) Bu oyat sharhini Kafirun surasi tafsiriga havola qilamiz. (Eslatma: biz yuqoridagilarning birortasini nasabiga ta’na qilmaymiz — bu bir zarbul-masal, xolos!)