Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo aytadi: «U iblis, (Odam va Havvo)ga qasam ichib: “Men sizlarga nasihatgo’ylardanman” (ya‘ni sizlarni shu jannatda qolishlaringni istayman, deb mevani yedirdi).» (A‘rof: 22) Endi Muso alayhissalomni Fir‘avn zulmidan qutulib qolishiga sabab bo‘lgan kishi haqida aytiladi: «Shaharning chetidan bir kishi yugurib kelib aytdi: “Ey Muso! Kattalar seni o‘ldirishga reja qilishmoqda! (Bu yerdan) chiqib ket! Men senga nasihatgo’ylardanman”» (Qasos: 20) Ko‘rdingizmi, bir xil so‘zlar, lekin aslida — boshqa-boshqa niyatlarda! Bu hijratga chaqiruvchi ahli ilmlar va xalq o‘rtasidagi ixtilof sababi bo‘lsa, endi shu ahli ilmlar bilan mujohidlar o‘rtasidagi ixtilof sababini qarang: Uhud jangida Rasululloh alayhissalom Madinada qolishni, Uhudga chiqmaslik siyosatini istagan edilar. Lekin sahobalar qo‘ymasdan, targ‘ib qilib, chiqishga majbur qildilar. Xuddi shuningdek, munofiqlar boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay ham chiqishni ma‘qul ko‘rgan edi. Lekin bu — shar‘iy siyosat uchun emas, balki havosiga yoqqani uchun edi! Bugun kimdir kelib, shar‘iy siyosat bilan qo‘rqoqlikni ajratmasdan, hammani Abdulloh ibn Ubay qatoriga chiqarmoqda! Har doim tinchlik va osoyishtalikni va‘da qilayotganlar — sizga do‘st bo‘lavermaydi. Har doim sizga hijrat va jihodni gapiradiganlar — dushmaningiz bo‘lavermaydi. Har doim jihodga chiqmagan kishi — Abdulloh ibn Ubay bo‘lavermaydi. Va har doim jihod deyish bilan sizning do‘stingizek ko‘rinuvchi odam ham haqiqiy do‘st bo‘lavermaydi! Bu to‘rt masalani ogohlik bilan ajratmas ekansiz, hech qachon ixtilof tugamaydi.