Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bugun musulmonlar olamni o‘zgartiradigan «Muso»larni kutib, duolar qilishdan xorishmaydi! Lekin arzimas sabablar bilan «Muso»larni beshigidayoq zoye qilishayotganiga e’tibor bermaydilar! Muso alayhissalom qanday Muso bo‘lganini qarang. Alloh taolo aytadi: «Onangga vahiy qildik: Uni tobutga tashlab, daryoga otib yubor. Daryo uni sohilga tashlasin, shunda uning va Mening dushmanim (Fir’avn) uni oladi.» (Toha: 39) Nega: «Fir’avnning qasri oldiga tashlab kel» demadi? Nega boshqa uslub bilan emas, aynan «Tobut — daryo — sohil» yo‘lini buyurdi? Chunki Muso alayhissalom qayerdan kelgani izi mutlaqo yo‘qolishi kerak edi! Nega Fir’avn xonadoni uni bola qilib olib hammasi tinchiganda ham, opasi kerilib: «Bu bizning uka bo‘ladi» demadi? Balki: «Sizlarga bu bola uchun enaga topib beraymi?» dedi! Chunki bu «shiringina bola» ertaga Fir’avnni qon qaqshatishi kerak edi! Shunda tog‘ut birinchi bo‘lib uning ota-onasi va opa-ukasiga yopishar edi! Qani edi oddiy bu haqiqatlarni tushunib, g‘ofillik qilmasak, ko‘p Musolar qurbon bo‘lmasdi! Bugun qanchalik sirlaringizni berkitmang, birgina g‘ofil yoki nodon hamma narsangizni laqqilab, tekinga tog‘utga bildirib qo‘yishi mumkin! Yoki tog‘utlarning: «O‘zi bu kimning bolasi?» degan so‘zlarining ostida nimalar yotganini bilmasdan, laqmalik qilib: «Ha, falonchada.» deb, sezmagan holda din ziyoniga ish qiladi! Musulmon aslida bunchalik g‘ofil bo‘lmaydi! Hushyor bo‘ling, o‘zingizni yig‘ishtirib oling!