Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo aytadi: «Biz: “Nasoromiz (ya’ni Alloh yo‘lida Iso alayhissalomga yordamchimiz)” deganlardan ahd olgandik. Ular esa o‘zlariga berilgan eslatmalarning bir qismini unutdilar! Bas, shunda ular o‘rtasida qiyomatga qadar adovat va nafratni qo‘zg‘ab qo‘ydik.» (Moida: 14) E’tibor bering: bir vaqtlar «Biz Alloh yo‘lida ansormiz» degan avlod, dinning ba’zi qismini unutgach, ular o‘rtasida qiyomatgacha ixtilof tashlandi. Bugun «Al-Buxoriy» avlodlari dindan unutmagan qaysi qismi qoldiki, ular orasida ixtilof va adovat chiqmasin?! Dinning bir qismini tark qilganlari sababli, bobolari ansor bo‘lganlar orasida ixtilof yuz berdi, bobolari ularga foyda bermadi. Endi esa, o‘zlari dinning 70–80 foiz hukmlarini millatdan yashirib kelib, ixtilof chiqishiga sabab bo‘lganlaridan keyin, bu hukmlarni xalqga ta’lim bermoqchi bo‘lganlarni «ixtilofchi»ga chiqarishmoqda! Qur’on va sunnatni odamlar orasida to‘liq o‘rgatib, aqlingizni ishlatmas ekansiz, ixtilof tugamaydi. Ahli ilmman deganlari kelib, dinning yarmini berkitib, so‘ngra uni gapirganni ixtilofchi deb ataydi! Go‘yo uning berkitishi ixtilofni daf qilgan emish! Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi — ochiq-oydin ko‘ring, nodon bo‘lmang! Ixtilof albatta ikki toifa ham qandaydir din ahkomini unutganligi sababli hosil bo‘ladi. Uning yechimi esa — o‘sha ahkomlarni tiklashda. Aslida, oldin o‘zingiz shariatga amal qilib, uni tatbiq etib qo‘ying, keyin muxoliflarni takfirchi yoki xavorijga chiqaring!