Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Shayx Abu Isxoq Surmariy al-Buxoriy jangchilarga nasihat qilib dedilar: «Jangarilar! Boshliqlarda 10 xislat topilishi lozim: 1.Sheryurak, qo‘rqmas bo‘lishi. 2.Qoplon singari dushmanga kibrli, bo‘yin egmas bo‘lishi. 3.Ayiqdek shijoatli bo‘lib, barcha a’zolari bilan zarba berishi. 4.Cho‘chqadek hujumkor bo‘lib, orqaga qaytmasligi. 5.Bo‘ri singari bostirib kelib, bir yo‘ldan umidi uzilsa, boshqa yo‘ldan kirib kelishi. 6.Qurol ko‘tarishda chumolidek bo‘lib, o‘z vaznidan ziyod qurolni ham ko‘tara olishi. 7.Sobitqadamlikda xarsang tosh singari mustahkam bo‘lishi. 8.Sabrda eshak singari chidamli bo‘lishi. 9.Jur’atda it singari bo‘lib, ov qilayotgan o‘ljasi olovga kirsa ham, ortidan kirishi. 10.Fursat poylashda xo‘roz singari hushyor bo‘lishi.» Bu sifatlar garchi xunuk eshitilsa-da, aslida sahobalar va islom rijoillarida mavjud bo‘lgan qudratli xislatlardir. Qur’on va Sunnatda ham bu ma’nolarga ishoralar bordir. Agar tadabbur qilsangiz, haqiqatni ko‘rasiz