Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo aytadi: «Sizlarga urush farz qilindi, holbuki u sizlarga yoqimsiz. Ehtimol, sizlar bir narsani yoqtirmassizlar, asli esa u sizlarga yaxshilikdir.» (Baqara: 216). Bu ma’noni tushunishning eng oson yo‘li jihodni jarrohlikka qiyoslashdir. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlikni qarang: Jarroh qo‘lida pichoq, yuzi niqoblangan, atrofida hamshiralar yugurib yurgan, qo‘li qonga belangan, bechora bemorni chavaqlab tashlagan ko‘rinadi! Endi jarrohni: «Qo‘li qonga belangan vahshiy» deysizmi?! Albatta, yo‘q! Balki, kasallar yoqtirmasalar-da, u inson xaloskor! Xuddi shunday mujohid ham: «Qo‘lida qurol, qonga belangan, yuzi niqoblangan» ko‘rinadi. Jarroh vrachga hech qachon tinchlik yo‘q — gohida yarim tunda ham bemor keladi, ahli oilasini tashlab unga qarashga majbur bo‘ladi. Xuddi shunday mujohid ham har vaqt hujumga shay bo‘lishi lozim. Shuningdek, jarroh gohida qo‘lidan kelgan yordamni qiladi, ammo bemor hayotdan ko‘z yumadi. Mujohid ham shunday: qo‘lidan kelganini qiladi, lekin gohida mag‘lub bo‘ladi! (Qizig‘i shundaki, bu holatda ham jarroh, ham mujohid malomat ostida qolib, «qotil»ga chiqariladi.) Va yana eng muhim nuqtalardan biri: gohida jarrohlar ichida «mol duxtirlar» chiqib qoladi — oddiy dori bilan davolanadigan bemorning qornini yorib o‘tiradi. Endi siz bu kalta fahm sabab jarrohlik fanini butunlay yo‘q qilish kerak deysizmi?! Jihod ham xuddi shunday: ba’zi kalta o‘ylaydiganlar gohida oddiy da’vat bilan bo‘ladigan joylarda ham kalla kesib xato qiladi. Lekin bu bilan jihod yo‘qqa chiqarilmaydi! Eng xatarli bog‘liqliklardan yana biri: gohida «Falon joyda o‘qib kelgan jarroh ekan, diplomi bor ekan» deyiladi, ammo aslida ko‘tarib yurgani kalla emas, balki oshqovoq bo‘lib chiqadi! Jihod va da’vatda ham shunday: «Madinada o‘qib kelgan ekan, yigirmata diplomi bor ekan» deyiladi, ammo oxirida baribir oshqovoq bo‘ladi! Yoki ba’zi hamshiralar qo‘liga «shpris» ushlab o‘zini jarroh deb kerilganidek, ba’zi johillar ham qo‘liga qurol olib, o‘zi bilan dunyoni buzaman deb o‘ylaydi! Tafakkur qiling, yangi qirralar ochilaveradi.