Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Imom minbardan tushib, mehrobdan jamoatga yuzlandi va dedi: «Saflarni to‘ldiringlar, shaytonga bo‘sh joy qoldirmanglar.» Qiziq holat… Shayton oramizda nima qiladi, hozirgina minbardan xutba qilib, endi esa mehrobda imom bo‘lib turgan bo‘lsa?! Ko‘rinmas shaytonni so‘kkanimiz-so‘kkan, ammo ko‘rinib turgan shaytonlarni esa ko‘rmaslikka olamiz. Rasululloh alayhissalom aytadilar: «Hali mendan keyin bir imomlar bo‘ladi, ularning qalblari shayton qalbidan, jismlari esa inson jismidan bo‘ladi.» (Imom Muslim rivoyati. Bu hadisdagi imomlardan, odamlarga peshvo bo‘lib olgan har qanday boshliqlar ham tushuniladi.) Yana bir rivoyatda esa: «Jahannam eshiklari ustidagi da’vatchilar. Kim ularga ijobat qilsa, uni jahannamga uloqtirishadi.» dedilar! (Imom Buxoriy rivoyati). Ya’ni minbar ustidan turib jahannamga da’vat qiladigan da’vatchi shaytonlar. Ammo ularni ko‘rinmas shayton yoki ochiq kofirlar deb o‘ylamasligimiz uchun hadisning davomida: «Ular bizning safimizdan va bizning tilimizda gapiradilar» — deb ogohlantirilgan. Shuning uchun ko‘rinmas shaytonlardan ko‘ra xatarliroq bo‘lgan — minbar ustidagi shaytonlardan qo‘rqish lozim. Namozda saflar orasidagi shaytondan ko‘ra, mehrobdagi shaytondan qo‘rqing. Bu bilan saflarni bo‘sh qoldirishga targ‘ib qilingani yo‘q, balki to‘g‘ri tushunish uchun bir misol, xolos.