Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo Qur'onda Hudhud qushining Sulaymon alayhissalomga aytgan so‘zini hikoya qiladi: “Men uni (Saba‘ malikasini) va qavmini Allohni qo‘yib, quyoshga sajda qilayotganlarini topdim.” (Naml 24) Hudhudni mushriklarning dabdabali qasrlari, taxti-ravonlari dahshatga solmagandi. Balki u ularning Allohga shirk keltirayotganlaridan, haq yo‘ldan og‘ib ketganlaridan dahshatga tushgandi. Bugun esa ba’zi musulmonlar g‘arbga yoki boshqa kufr yurtlariga borib, shirk va kufr amallariga odatiy holdek qarab o‘tiradilar. Baland qasrlar, chiroyli binolar oldida maftun bo‘lib, suratga tushib, og‘zidan bal tomib gapiradilar. Hech bo‘lmasa, Hudhud qushi singari haqiqatni ko‘ra olaylik.