Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Islom haqidagi aksar xalq tushunchasi shuki, din bu yer ostidagi hayot: «qabr»da yaxshi yashash va samodagi hayot: «Jannat»da yashash uchun kelgandek! Unda yer ustidagi hayotni kim to‘g‘irlaydi?! Yusuf alayhissalom qissasini tadabbur qiling: 1. Tavhid aqidasi taʼlimi berildi (37–40-oyatlar). 2. Yuqoridagi tavhid aqidasi asosida yer ustidagi hayot rejalari, hokimiyat, iqtisodiy tanazzullar, o‘g‘irlik, oilaviy muammolarini qanday aylanib o‘tish bayon qilindi (43–99-oyatlargacha). 3. Shundan so‘ng Yusuf alayhissalom duo qildilar: «Meni musulmon holda vafot ettirgin va solihlarga qo‘shgin!» (Yusuf: 101). Bizda esa na aqida bor, na hayotda yashash sistemasida haqiqiy islamiy adolat boshqaruvi bor! Ammo Yusuf alayhissalom bularning barchasini ado qilib, so‘ngra Allohga iltijo qilib so‘ragan narsasi — yaʼni «musulmon bo‘lib o‘lib olish va jannatda solihlar bilan bo‘lish»ni esa biz sotsiydek qo‘ygandekmiz. Haq ahliman deganlarga xitob: «InshaAlloh, tirik ekanman, yer yuzida islomiy yashashni ko‘rmasdan o‘lmayman!» deb ayting! Qurʼon va hadislar orqali olgan foydangiz faqat «Qabrda maza qilib yotish va Jannatda hurlarga erishish» bo‘lib qolmasin! Yusuf alayhissalomdan ibrat olib, xalqga aqida va adolatli hayot amal qilib kirdirgach, shundan keyin: «Endi musulmon bo‘lib o‘lsam va solihlarga borib qo‘shilsam» — deb emas, balki dunyoda islomni tiklashga intiling.