Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ko‘plarimiz tarixdagi buyuk shaxsiyatlarga havas qilamizu, biroq ularga o‘xshab amal qilishga kelganda bahonalar sanay boshlaymiz: «Menda shu ota-onam qo‘ymaydi-da.» «Menda esa xotinim rozi emas-da.» «Menda bo‘lsa, ustozim yomon qiladi.» Oxiri biri kelib: «Hozir vaziyat o‘ta og‘ir! Bu gaplarni kattalar eshitsa, yomon qiladi» — deb qutulib ketadi! Go‘yo tarixdagi buyuk insonlarda bu muammolar bo‘lmagan, hammasi osongina bo‘lib o‘tib ketgandek! Uhdud qissasida zikri kelgan g‘ulom (ya’ni yosh yigit), zamonasidagi tog‘utga qarshi chiqadigan qahramon bo‘lib yetishishi va ilm olishi yo‘lida albatta bu qiyinchiliklardan o‘tganini Rasululloh alayhissalom tanbeh berib aytadilar: «U g‘ulom sehrgar (ustozining) oldiga borsa, ustozi uni: “Nega kech qolding?!” deb urar edi. Chunki u yo‘lda rohibdan maxfiy dars olib kechga qolar edi. Uyiga borsa, ahli ham: “Nega kech qolding?!” deb uni urar edi, chunki sehrgar ustoz oldidan chiqib, uyga borishda yana rohibdan dars olib kechikardi. Shunda rohib unga aytdi: “Agar sehrgardan qo‘rqsang, ‘ahlim ushlab qoldi’ de. Agar ahlingdan qo‘rqsang, ‘sehrgar ushlab qoldi’ de» (Imom Muslim rivoyati). E’tibor bering! Ota-onasi, sehrgar ustozi, rohib ustozi — hammasini eplab, ta’lim olish va kaltaklarga sabr qilib o‘qish kerak edi. Bugun chiqib: «Men aqlim joyida bo‘lmasa, o‘qiy olmayman-da» deydiganlar, bilib qo‘ying — unda o‘qiy olsangiz ham, biror ishni qoyillata olmaysiz! Tog‘utlarni qulatadigan ahli ilm — qiyinchiliklar orasida o‘sib chiqadi. Hatto bu yo‘lda ota-ona va ustozlarga ham «chap berishga» to‘g‘ri keladi! Aks holda, avvaldan bu uslubni eplamagan kishi ilm olgandan keyin ham ota-onasining bir tomchi ko‘z yoshiga chiday olmay, tog‘utlarga «xo‘p bo‘ladi» deb taslim bo‘ladi.