Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ro‘za — ibodat emas, aqida! Bugun Islom shiorlaridan — namoz, ro‘za, haj va boshqa ahkomlarni ko‘rib ajablanmaymiz. Ammo agar ummat bu ibodatlarni ota-bobosidan qolgan urf-odatdek o‘tkazib yubormay, balki: “Bu ibodatlarning asl maqsadi nima?” — degan savolga javob izlaganida, bugungi holatimiz butunlay boshqacha bo‘lardi. Ro‘za, avvalo — aqidadir! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ro‘zadorning og‘zidan chiqadigan hid Alloh huzurida misk hididan ham hushbo‘yroqdir.” (Imom Buxoriy) Savol tug‘iladi: nega insonlarga yoqimsiz, badbo‘y hid Alloh huzurida miskdan-da hushbo‘yga aylandi? Shariatda buning o‘xshash misollari ham bormi? Ko‘plar bu savoldan g‘ofil qoladi va: “Odamlar tutgan ekan, men ham tutdim-da” deb qutuladi. Lekin bu g‘ofilligi sabab shariatning boshqa hukmlari kelganda, aqliga sig‘dira olmay, inkor qilib halok bo‘ladi. Ana shunday g‘ofil insonlarga qabrida Rasululloh ko‘rsatilib: “Bu kim?” deyiladi. U esa: “Odamlar aytar edi, men ham aytganman” deydi. Farishtalar unga: “Bilmading ham, o‘qimading ham!” deydilar. So‘ngra temir gurzi bilan ikki chakkasidan bir urilganda, u shunday qichqiradiki, inson va jinlardan boshqa barcha jonzot eshitadi. (Imom Buxoriy) Demak, odamlar qilgani uchun qildim degan g‘ofil bo‘lmasdan, ibodatlarning maqsadini bilib olish lozim. Ro‘zador og‘zi ochlikdan hidlanib, odamlar nazarida yoqimsiz bo‘lsa-da, Alloh huzurida miskdan ham hushbo‘y bo‘ldi. Xuddi shuningdek, bugun Alloh yo‘lida qoni oqib, sochi to‘zib, ba’zilar nazarida “xor, vatangado” bo‘lib yurganlar haqida ham shu ma’no bashorat qilinganini bilasizmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Qaysiki kim Alloh yo‘lida yaralansa, albatta qiyomat kuni yarasidan qoni oqib keladi. Rangi qon, hidi esa miskdir.” (Imom Buxoriy) Shuning uchun ham shahid yuvilmaydi va kafanlanmaydi. Chunki ro‘zador og‘zi sening nazaringda sassiq bo‘lsa-da, Alloh huzurida miskdan hushbo‘y bo‘lgani kabi, shahidning qoni va jasadi ham Allohga hushbo‘y va suyukliroqdir. Imom Shofeiy rahimahulloh ham shunga qiyoslab, ro‘zador og‘zini ataylab tozalab, bu hidni ketkazishini makruh deb hisoblaganlar. Ro‘zador og‘zi qurib, yuzi so‘lib jannatga va’da qilinganidek, Alloh yo‘lida chang bosib, sochi to‘zib yurgan “g‘ariblar” haqida ham bashorat bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh yo‘lida chiqqan g‘ubor (chang) va jahannam tutuni hech qachon bir bandaning ichida jamlanmaydi.” (Imom Nasoiy) Demak, ro‘za — musulmonlarga jihod aqidasini o‘rgatadi. Shu bois Islom tarixidagi eng buyuk ikki g‘azot — Badr va Makka fathlari ramazon oyida bo‘lgan!