Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Shayx Sulaymon Ulvon aytdilar: “Kofir, mushrik va zalolatda yurgan odamlarni hech qachon aqlli kishilar deb bo‘lmaydi. Chunki ular haqiqatdan aqlli bo‘lganida, Allohni yolg‘izlab ibodat qilgan bo‘lardi.” Shuning uchun Rasululloh ﷺ Abul Hakamni teskari qilib “Abu Jahl” deb nomlaganlar. (Ya’ni, hikmat otasi emas, balki jaholat otasi. Mushriklar esa uni o‘zlaricha “Abul Hakam” deb yurishardi). Alloh taolo aytdi: “Ularni (ya’ni kofirlarni) ko‘plarini eshitadi, aqlli deb o‘ylaysizmi?! Yo‘q! Ular hayvondek, balki undan ham adashganroqdir.” (Furqon 44) Izoh: Kimdir aytishi mumkin: “Bugungi kunda nega unda kofirlar rivojlangan?” Bunga javobni ham Alloh taolo berib qo‘ygan: “Faqat dunyoni istagan kishilar (uchun ilm berildi). Ularning ilmi yetgan joyi shu xolos.” (Najm 29–30) Ya’ni, bu bilan inson aqlli sanalmaydi!