Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Shayxul Islom Ibn Taymiyya rohimahulloh aytdilar: “Gohida bandaga bir musibat tushib, u Allohdan hojatini so‘rab, g‘amini aritish maqsadida duo qilib, tavba-tazarru qiladi. Natijada bu ibodat bilan savob oladi. Lekin musibat ortidan keladigan yaxshilik faqat bu emas. Eng asosiysi, Alloh unga O‘ziga bog‘lanishni, muhabbat qilishni va oxiratda darajasini ko‘tarishni o‘rgatadi. Bu esa borib-borib, so‘ragan hojatidan-da suyukliroq duoga aylanib qoladi. “Mana bu Allohning bir rahmatidirki, bandalarni dunyoviy hojatga muhtoj qilib, shu orqali oliy diniy maqsadlarga erishtiradi.” Izoh: Muso alayhissalom Misrda bir odamni urib o‘ldirib qo‘ygan edilar. So‘ngra qochib chiqib ketdilar va Allohga iltijo qilib, yalinib-yolvorib, tavba qildilar. Natijada hatto payg‘ambar bo‘lib, yana Misrga qaytdilar. Shuning uchun musibat paytida yig‘i-sig‘i, shovqin-suronni emas, balki ibodatni ko‘paytirish kerak. Toki Alloh sizga bergan musibatdan unumli foydalanib, Unga ibodat qilishga o‘rganib oling. Bu juda katta fursatdir, chunki musibat vaqtida inson gunohdan uzoqroq bo‘ladi!