Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bizning nusrat haqidagi fikrimiz chuqurroq bo‘lishi lozim. Moddiy hisob-kitoblarga haddan ortiq berilib, zamonaviy qurollarga ega bo‘lishni nusrat deb bilmasligimiz kerak. Allohning qudrati barcha qudratlardan ustundir! Qur’on bir qancha o‘rinlarda bizga shu aqidani singdirib keladiki: nusrat — qurol bilan ham, son-adad bilan ham emas, balki faqat Allohdan keladi. Ba’zan hatto qurolsiz ham g‘alaba va nusrat beriladi. Alloh taolo aytdi: «Agar sizlar unga (zotga) nusrat bermasangizlar, Alloh uni o‘zi nusrat bergandi!» (Ya’ni g‘orda Abu Bakr roziyallohu anhu bilan birga hech kimsasiz, qurolsiz turganida ham Alloh nusrat berdi.) Xuddi shuningdek, Ahzob jangida ham nusrat nima bilan kelganini Alloh xabar beradi: «Eslanglar, sizlarga har tomondan lashkarlar kelgandi. Biz ularga shamol va sizlar ko‘rmagan lashkarlarni jo‘natdik.» Demak, nusratning sabablari ko‘pdir. Shuning uchun nusrat deganda bizning tushunchamiz faqat qurol, kuch-quvvat bilan chegaralanib qolmasligi lozim. Aks holda, o‘z-o‘zidan: «Hozir jihod — hikmatsizlik», degan kaltafahmlar paydo bo‘ladi!