Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ibnul Qayyum rohimahulloh aytadilar: «Qanday bo‘lsang, senga ham xuddi shunday bo‘linadi! Allohning bandalarga qanday muomala qilsang, Alloh ham senga shunday muomala qiladi. Kim ushbu ma’noni tasavvur qilsa va aqlini ishlatsa, hatto yomonlik ko‘rgan odamiga yaxshilik qilish ham unga oson bo‘lib qoladi.» (“Bada’i‘ul-favo’id” kitobidan) Izoh: Bu so‘zning tasdig‘i Allohning kalomida keltirilgan: «Afu qilib, kechirib yuborsinlar! Alloh sizlarni ham kechirib yuborishini xohlamaysizlarmi?!» (Nur, 22) Odamlarni kechirib yuboruvchi insonni Alloh ham kechirib yuborishi haqida boshqa bir qancha oyat va hadislar mavjud. Shunday ekan, mutakabbirlik qilib birodarlariga: «Men hech qachon seni kechirolmayman», deb yurganlar holiga voy! Ular Alloh ham ularga: «Men seni hech qachon kechirmayman!» — deb aytishidan qo‘rqishlari kerak.