Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ibnul Qayyum rahimahulloh aytadilar: Agar Malik (ya’ni Alloh)ning bandaga yaqinligi kuchaysa, u bandaning tilida gapira boshlaydi. Ya’ni uning tiliga haq so‘zni tashlaydi. Hatto shu darajaga yetadiki, ba’zilarni ko‘rib, “tilida farishta gapiryapti”, deb o‘ylaysiz. Agar banda Allohdan uzoqlashib, shaytonga yaqinlashsa, shayton uning tilida gapira boshlaydi. Tiliga fahsh va munkar so‘zlarni tashlaydi. Hatto “uning tilida shayton gapiryapti” deysiz! (Al-Javabul Kofiy kitobidan) Izoh: Bu so‘zning tasdig‘i hadisi qudsiyda ham keladi: “Bandam Menga nafl ibodatlar bilan yaqinlashaveradi, hatto Men uni yaxshi ko‘raman. Agar uni yaxshi ko‘rsam, eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li va yuradigan oyog‘i bo‘laman.” (Imom Buxoriy rivoyati) Shunday ekan, atrofga qarasangiz, tilida shayton gapirayotgan odamlarni ko‘rib, Ibnul Qayyum rahimahullohning bu so‘zlarining tasdig‘ini topaverasiz.