Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Fitnalar qattiq bo‘lgan zamonlarda Imom Ahmad ibn Hanbalga aytildi: — “Buni qarang, haq ustiga botil qanday ustun bo‘lib qoldi?!” Shunda Imom Ahmad rahimahulloh dedilar: — “Yo‘q! Bu noto‘g‘ri fikr! Botil qachon haq ustiga chiqib oldi deyiladi, bilasanmi? Agar qalblarimiz ham hidoyatdan zalolatga ko‘chib o‘tsa — ya’ni botil g‘olib keldi deb, qalblar ham botil tomoniga yon bosib ketsa — ana shundagina botil haqqa ustun bo‘ldi deyiladi! Agar botil jasadlarimizga g‘olib kelgan bo‘lsa ham, qalblarimiz hali haqni lozim tutayotgan ekan, u hech qachon g‘olib emas!” (Manoqibul-Imam Ahmad, Ibnul-Javziy) Izoh: Bugungi kunda ham qaysi jamoa g‘olib chiqsa, o‘shaning nog‘orasiga o‘ynab yuruvchilar; botil zulmidan qo‘rqishni bahona qilib, unga tarafdor bo‘luvchilar shuni bilib olsinlar: botil sizning qalbingizga hech qachon ustun bo‘la olmaydi! Agar botil zulmini bahona qilib, aslida qalbingizda unga muhabbat paydo bo‘lsa — bilingki, bu Allohning huzurida sizga uzr bo‘lolmaydi!