Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Abbosiy xalifasi Abu Ja’far al-Mansur aytadi: “Xabarlarda kelishicha, bir kuni sher to‘ng‘izga yo‘liqib qoldi. To‘ng‘iz dedi: ‘Men bilan urishasanmi?’ Sher javob berdi: ‘Sen to‘ng‘izsan, menga teng ham, raqib ham emassan! Agar men sen bilan urishsam, ‘Sher to‘ng‘iz bilan urishyapti’ degan gap tarqaladi. Bu menga faxr emas! Mabodo, sen menga biror musibat yetkazib qo‘ysang, bu menga haqorat bo‘ladi!’ Shunda to‘ng‘iz dedi: ‘Unda men o‘rmonga chiqib, Sher mendan qo‘rqdi, deb gap tarqataman!’ Sher aytdi: ‘Sening qoning bilan labimni iflos qilganimdan ko‘ra, yolg‘oningga sabr qilish menga osonroq!’” Izoh: Bu gap bir ertak bo‘lsa-da, Rasululloh ﷺ siyratlarida bunga ko‘p misollar bor. Inson qanday do‘st tutgani bilan tanilgani kabi, qanday dushman tanlashida ham o‘lchanadi. Ba’zi kishilar hatto sizning dushmanligingizga ham noloyiq bo‘ladi! Agar ular bilan yoqalashsangiz, yutqazsangiz ham, yutsangiz ham sherlik obro‘yingizni to‘kib qo‘yishingiz mumkin. Chunki bunday odamlar bilan kurashsangiz, g‘alaba lazzatini totmaysiz; yutqazib qo‘ysangiz esa, butun to‘ng‘izlar olamida sherlik maqomingiz kamsitiladi!