Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bugun ba’zi odamlar: “Hamma narsani haromga chiqarib, dinni qiyinlashtirib yubordinglar. Alloh kechirimli emasmi? Allohning fazli va karami keng emasmi? Allohning rahmati g‘azabidan ustun emasmi?!” — deya e’tiroz qiladilar. Albatta, bu gaplarning o‘zi to‘g‘ri! Lekin savol: “Unda nega bugun musulmonlarning boshiga musibatlar yog‘ilmoqda?” Musulmon davlatlarga, musulmon oilalarga qarang, hammaning boshi musibatdan chiqmay qoldi! Kimdir aytishi mumkin: “Adashganlargina shunaqa, boshidan balo ketmayapti.” Yo‘q! Haqiqatni ko‘rmaslikka olmaylik! “Dinim” deguvchilarning barchasi ham qiyin ahvolda! Allohning rahmati va kechirimliligi qayerda qoldi, deysizmi? Javob Allohning so‘zida: “Sizlarga nimaiki musibat yetsa, qo‘llaringiz kasb qilgan gunoh sababidan. Alloh esa (shulardan) ko‘pini kechirib yuboradi! Sizlar yer yuzida (Allohdan) ojiz qoldirib (qochib), ketuvchi emassizlar! Sizlarga undan o‘zga hech bir homiy va yordamchi yo‘qdir!” (Shuro, 30–31) Demak, Allohning fazli, karami va kechirimliligidan keyin ham kelayotgan musibatlarning shuncha ko‘pligi — musulmonlar ichida gunoh-ma’siyat va noshar’iy ishlar qay darajaga yetganini ko‘rsatuvchi dalildir! Shuning uchun ahli ilm: “Bu harom, bu bid’at, bu esa shirk va kufr” deb gapirsa, odamlar: “Hamma narsani harom qilib yuboraverarkan-da.” demasin! Botqoqqa botib yotganimiz sabab boshimizdan balo yog‘ilyapti! Endi shunday holda yana sizga faqat Allohning rahmatidan gapiraylikmi?!