Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo aytadi: “U (Fir’avn) xalqining ustidan kulib (aldab) tezlatgach, odamlar unga itoat qilib ketishdi. Ular fosiq qavm edilar!” (Zuxruf, 54) Qadimdan fir’avnlar va ularning sehrgarlari siyosati — xalqning soddaligidan foydalanib, ularni tashqi kuchlardan qo‘rqitib, o‘ziga itoat qildirish va o‘zini ularning himoyachisidek ko‘rsatishdir. Tarixdan bir misol: Xristofor Kolumb Amerikaga borganida, falakshunos olimlar unga o‘sha kunlarda oy tutilishini xabar qildi. Kolumb esa o‘sha hududda yashovchi qizil tanli yovvoyi hindularni tahdid qildi: — “Agar menga yetarli oziq-ovqat va ta’minot bermasangiz, sizlardan oyni o‘g‘irlab qo‘yaman!” Avvaliga hindular ishonmadi. Ammo oradan bir necha kun o‘tib, oy tutilganda talvasaga tushib, Kolumb oldiga yugurib kelishdi: — “Oyimizni qaytar! Istaganingni beramiz!” — deb yalinishdi. Kolumb rozi bo‘ldi, va tabiiyki, bir necha soat o‘tgach oy yana ochildi. Hindular o‘zlarini “oyni qaytarib oldik” deb aldagan bo‘lishdi, lekin butun yurtlarini, Amerikani, sariq tanlilarga berib qo‘yishdi! Alloh taolo aytganidek: “Xalqni ahmoq qilib, o‘ziga itoat qildirdi.” Kolumbga esa fathni armiya emas, balki uning yonidagi “kohin olimlar” bergan edi. Bugungi fir’avnlar siyosati ham aynan shu uslub bilan davom etmoqda. Avvaliga 4-5 mujohidning portlatishi yoki ba’zi ahli ilmlarning da’vat qilishiga ko‘z yumib qo‘yadilar. So‘ngra xalq qo‘rqib, dod solib davlatga murojaat qilgach, ular: “Ana ko‘rdingizmi! Agar biz bo‘lmasak, ular sizlarning yurtlaringizni, mol-mulkingizni talon-taroj qiladi!” — deb, din va diyonatni, xalqni, butun boyliklarni aldab olib, rus yoki Amerikaga sotib yuboradilar. Shunda esa yana “kohin olimlar” ularning ishini oqlab beradi. Avom xalq ustidan kulib, “vatanimiz tinch” degan yolg‘on bilan na dunyosini, na oxiratini qoldirmasdan yeb bitiradilar. Ogoh bo‘linglar! Mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqtirmaydi. Bu siyosat qadimdan mavjud va Qur’onda Alloh ogohlantirib qo‘ygan. Shundaylarga ergashib ketganlarni esa Alloh taolo “fosiq qavm” deb atadi.