Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Shayx Rufaiy Surur aytdilar: “Demokratiya bu — barcha gapirishligi demakdir, diktatorlik esa — hech kim gapirmasligi!” Mana bu ikki bir-biriga zid yo‘l, islomga da’vat qilishga nisbatan qaralganda bir xil natija beradi: ya’ni, birov birovning gapiga quloq solmaydi. Da’vat esa faqat gapirishga imkon topiladigan va quloq soladigan odamlar bo‘lgan joydagina ko‘karadi, barq uradi. Shuning uchun ham shayton da’vat qarshisiga mana shu ikki yo‘nalishni chiqaradi: 1. Diktatorlar — ular da’vatchilarning gapirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Endi diktatordan qo‘rqmasdan gapira oladigan olimlar chiqsa, bu ham shaytonni befarq qoldirmaydi! 2. Demokratlar — shunda shayton demokratlarni chiqaradi. Natijada, hamma “gapirishga haqqim bor” deb, bilgan-bilmagan narsasini gapiradi. Avom xalq esa ahli ilm va da’vatchilarga qarab: “Men hurman, ishing bo‘lmasin!” deyadigan bo‘ladi. Bugun o‘zini “demokratman” deb atagan ayrim davlatlarda yashayotgan yoki u yerdan ta’lim olib kelgan odamlarning fikrlashiga qarab, bu haqiqatni ochiq ko‘rasiz. Ular: “Men diktaturaga qarshiman, so‘z erkinligim bor.” deb, aslida undan-da battar — demokratiya botqog‘iga botib yuradi. “So‘z erkinligi”ni bahona qilib, hatto shariatga ham burnini suqadi! Shayx Rufaiy Surur yana aytdilar: “Demokratiyada — so‘z erkinligi degan aljirash oqibatidan odamlarning boshi aylanadi va to‘g‘ri fikrlovchilar yo‘qolib ketadi. Diktatorlar zamonida esa, fikrli va oqil insonlar qamoqxonalar qa’rida yo‘qolib ketadi.” (Siyosiy tasavvurdan) Demak, demokratlar ham, diktatorlar ham aslida bir shaytoniy nizomdir — islomiy sog‘lom fikrlashni yo‘qotish uchun chiqargan hiyla! Shuning uchun hech qachon demokratlarning: “Falonchi diktator.” degan so‘zlariga mahliyo bo‘lmang! Ularning biri tulki bo‘lsa, boshqasi bo‘ri!