Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ibnu Javziy aytadilar: “Yusuf alayhissalom surasini o‘qib, Alloh u zotning sabrini maqtaganiga taajjublandim! Va bu (maqtovlar) ortida berkilgan sir – havoyi nafsga xilof qilish edi. Vo ajab! Agar u zot havoyi nafsiga muvofiq bo‘lganda, nimalar bo‘lardi?! Havoyi nafsga xilof qilgach, sabrda zarbulmasal bo‘ldilar! Bularning barchasi – bor-yo‘g‘i bir soatlik haromdan sabr qilganlik mukofoti edi. Buning aksi esa Odam alayhissalom havoyi nafsga muvofiq bo‘lib (mevani yeb qo‘yganliklari) sababli, abadiy u zotning haqqida nuqson bo‘lib qoldi! Albatta, u zot keyin tavba qildilar! Shuning uchun bir tafakkur qilinglar: bir soat haromdan sabr qilish mukofoti va nafsga ergashishning oxiri qanday bo‘lishini o‘ylanglar!” (Soydul-xotir bil-ixtisor).