Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Nega inson biror narsaga qoqilsa, beixtiyor yerga qaraydi? Buning ostida insonga katta tanbeh yotadi. Ibnu Javziy aytadilar: “Kishi qoqilganda beixtiyor qoqilgan narsasiga qarashiga ikki sabab bor: Yana shunga o‘xshagan narsaga qoqilmaslik uchun. O‘ziga o‘zi tanbeh berib: “Qanday qilib shu narsani ko‘rmasdan qoqilding?!” deyishi uchun. Endi, vo ajab! Har safar bir gunohni qayta-qayta qilib yiqilaveradigan odam, nahot bir toshga qoqilgandek fikr yurgizmasang?!” (Soydul-xotir bil-ixtisor). Alloh taolo aytadi: “O‘z nafslaringda (qancha ibrat bor), ko‘rmaysizlarmi?!”