Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ko‘pchilik farzandini ilm yoki jihodga ketishidan yurak-bag‘ri tilka-pora bo‘ladi. Lekin farzandi 10 yildan beri Rossiyada ishlab, jaraq-jaraq pul jo‘natsa – hayotdan xursand. Nega? Ko‘p ayollar erini ilm yoki jihod yo‘lidan qaytaradi. «Sizsiz men nima qilaman...» deb o‘zini bechoraga soladi. Lekin eri Rossiyada 10 yillab yursa ham, hatto biror o‘ynash topib olsa ham: «Ha, erkak bo‘lgandan keyin yuradi-da» deb qo‘yaveradi! Ammo biror ahli ilm yoki mujohid 2 ta xotin qilibdi, yoki eri o‘lib xotini yolg‘iz qolibdi, degan gaplarni eshitsa: «Ana ko‘rdinglarmi» deb aqllilik qiladi! Nega?! Bunga javobni Shayx Rifaiy Surur aytadilar: «Otaning (yoki onaning) qalbiga shu farzand muhabbatini solgan Zot, da’vat yo‘li taqazo qilib ayrilishga to‘g‘ri kelib qolsa, firoq alamiga sabrli qilib ham qo‘yadi-ku! Faqat his-tuyg‘ularni Allohga topshirish lozim!» Ya‘ni qalbingizga shu farzand, xotin yoki erni muhabbatli qilgan Zot, agar O‘zi uchun ulardan ayrilishga to‘g‘ri kelsa, sabr bermaydi deb o‘ylaysizmi?! Dunyoga muhabbat qo‘yganingizda, dunyo uchun his-tuyg‘ularingizni topshirganingizda 10 yillab yurishiga sabr berayapsiz-ku! Nahotki Uning O‘zi uchun ayrilishga to‘g‘ri kelsa, sabr bermaydi?! «Men chiday olmayman», deysizlar?! Sizlarga nima bo‘ldi, qanday hukm qilayapsizlar?! Olamlarning Robbisiga qanday gumonlar qilayapsizlar?!