Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Alloh taolo aytadi: «Va tog‘utdan chetlangan, unga ibodat qilmasdan, Allohga inobat qilgan (Allohga qaytgan) kishilarga xushxabar bordir! Bas, (ana shu) bandalarimga xushxabar bering! Ular shunday kishilarki, gapga quloq solib, yaxshisiga ergashadilar! Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan kishilar, ana o‘shalar aql egalaridir!» (Zumar, 17–18). Xushxabar nima? Alloh uni maxfiy qoldirdi! Ular xursand bo‘lavеrsin – Alloh ularni rozi qiladi! Oyatda «Unga ibodat qilmasdan» deganda tog‘ut nazarda tutildi. Lekin qiziqki, ayol jinsiga yoki ko‘pchilikka ishlatiladigan «haa» harfi keltirildi. Ma‘lumki, tog‘utlar faqat ayollar emas. Demak, bu yerda ikkinchi ma‘no iroda qilingan, ya‘ni har qanday tog‘utlar jamoatiga ibodat qilmagan bandalar maqtalmoqda! Ular – ya‘ni tog‘utlarning xilma-xil turi bor: zolim podshohlar, vazirlar, ularning mirshablari yoki ularga dastak bo‘lib beradigan muftiylar... Har qanday tog‘utga ibodat qilmagan bandalar! Va ular gapirganda – quloq soladigan bandalar! O‘zboshimchalik qilib aql o‘rgatadigan emas! Endi: “Tog‘ut nima, unga ibodat qilish nima, kim ularga ibodat qilar ekan?” desangiz – tavhid ilmidan ko‘proq o‘qing. Rasululloh ﷺ boshliqlarga va olimlarga ko‘r-ko‘rona ergashib ketaverishni ham “ularga ibodat qilish” deb nomlaganlar!