Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Makka mushriklari, xususan Quraysh, Rasululloh ﷺga aytgan so‘zlarini Alloh Qur’onda xabar qiladi: «Va ular aytishdiki: Biz agar sen bilan hidoyatga ergashsak, o‘z yurtimizdan olib qochib ketilishimizdan qo‘rqamiz.» (Qasos, 57). Ushbu oyatning tafsirida keladiki: Ba’zi Makka mushriklari hidoyatni inkor qila olmagach, tan olishdi! “Xo‘p, sen aytgan gaplar haq! Lekin agar biz sen bilan bu hidoyat yo‘liga ergashsak – butun insoniyatga qarshi chiqishimiz kerak bo‘ladi?! Biz bunga dosh bera olmaymiz! Bizni ushlab olib ketishadi! Shuncha olihalarni bekor qilsak, Makkaga hech kim kelmay qo‘yadi, natijada iqtisod kasodga uchraydi.” Qisqasi, hidoyatni tan oldilar, lekin “vaziyat ko‘tarmaydi” dedilar! Ular iqtisodiy va ijtimoiy qarshiliklardan qo‘rqishdi. Va shu sabab mushrik bo‘lib qolib ketdilar! Hozir ham ko‘plab insonlar haq so‘zlarni tushunib yetmoqda. Lekin: “Bu so‘zlarga ergashsak, yo‘q qilib yuborishadi” deb o‘zlariga uzr topishadi. Hatto ba’zilar shu da’vo bilan boshliqlaru hokimlarga ham uzr berishmoqda! Lekin tarixga qarang: Makka fath bo‘lib, ahli Islomga kirgach – chorak asr ham o‘tmay, musulmonlar yerning salkam uchdan bir qismiga hukmronlik qilishdi! Holbuki, 20–30 yil avval ular: “Senga ergashsak, yo‘q bo‘lib ketamiz” deb qo‘rqib turishgan edi. Shuning uchun: “Vaziyat ko‘tarmaydi” deb yuzaki fikrlash – aqllilik qilib shariatga ergashishdan qochib yurishdir. Bu esa ummatga mashaqqatli yillarni cho‘zishdan boshqa narsa emas!