Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ulamolarning dars va maʼruzalari — mavzu, olim va toʻplam boʻyicha.
11-лавҳа: Талабалар бизнинг келажагимиз! Закот ва фитр садақаси ҳақида баъзи масалалар; Фарзандларимиз Исломий илмларни ҳам, дунёвий илмларни ҳам ўргансинлар; Мусулмон муҳтож талабалар закотга энг ҳақли инсонлар; Мусофир талабаларга ифторлик ва саҳарликлар қилиб беришга тарғиб. ❁•—•—•—•❁✿❁•—•—•—•❁ 11-lavha: Talabalar bizning kelajagimiz! Zakot va fitr sadaqasi haqida ba'zi masalalar; Farzandlarimiz Islomiy ilmlarni ham, dunyoviy ilmlarni ham o‘rgansinlar; Musulmon muhtoj talabalar zakotga eng haqli insonlar; Musofir talabalarga iftorlik va saharliklar qilib berishga targ‘ib.
6-лавҳа: Ёшларга насиҳат Олийгоҳлардаги ахлоқсизликлардан шикоят; Талаба йигит ва қизларларга насиҳат; Қарздор одам қарзини ҳаром пулдан қайтарса, қарз берган одам уни қабул қилиб олиши жоизми? Масжидга ўғирлик қилиш мақсадида келаётганларни дуои бад билан огоҳ этиш; Карта ўйнаш, қизлар билан гаплашиб юриш ва ҳоказо хунук ишларнинг ҳаромлиги. ❁•—•—•—•❁✿❁•—•—•—•❁ 6-lavha: Yoshlarga nasihat Oliygohlardagi axloqsizliklardan shikoyat; Talaba yigit va qizlarlarga nasihat; Qarzdor odam qarzini harom puldan qaytarsa, qarz bergan odam uni qabul qilib olishi joizmi? Masjidga o‘g‘irlik qilish maqsadida kelayotganlarni duoi bad bilan ogoh etish; Karta o‘ynash, qizlar bilan gaplashib yurish va hokazo xunuk ishlarning haromligi.
12-дарс. Исломий топишмоқлар Олти рукн – олтин устун (жавоб) 1-қисм. ❁•—•—•—•❁✿❁•—•—•—•❁ 12-dars. Islomiy topishmoqlar Olti rukn – oltin ustun (javob) 1-qism.
#Ramazon 9-kun Kitob: Qiyomat kunida Alloh taoloning soyasida soyalanadigan yetti kishilar - Allohning ibodatida o'sgan yigit haqida - Ali, Muoz ibn Jabal, Mus'ab ibn Umayr, Zayd ibn Sabit, Arqom ibn Arqom, Muoz ibn Jamuh va Muoz ibn Afro, Abdulloh ibn Zubayr roziallohu anhumlarning yoshligidan ibratlar https://t.me/Yetti_toifa
#Ramazon 10-kun Kitob: Qiyomat kunida Alloh taoloning soyasida soyalanadigan yetti kishilar - Allohning ibodatida o'sgan yigit haqida - Yosh sahobiy Zuhro ibn Havayya roziallohu anhuning shijoati - Muhammad ibn Qosim Saqafiy rohimahulloh 17-yoshda Xitoy va Hindni fath qilganligi - 19 yoshida vafot qilgan Abdumalik ibn Umar ibn Abdulazizning siyrati - Imom Molik, Shofe'iy, imomi Ahmad va Buxoriylarning yoshlikdagi holatlari https://t.me/Yetti_toifa
Farzandini tarbiya qila olmayotgan yoki: “Mening farzandim ham solih insonlardan, olim-ulamolardan bo‘lsa, qani edi” deb kuyib-yonib yurgan ota-onalar diqqatiga! Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga qanday solih zurriyot berganiga va uni payg‘ambarlar otasi qilganiga qarang: “Qachonki Ibrohim ulardan (ya’ni kofir qavmu va qarindoshlaridan) hamda ular ibodat qilib yurgan narsalardan chetlangach, Biz unga Is’hoqni va (uning o‘g‘li) Ya’qubni sovg‘a qilib berdik. Va ularning barchalarini payg‘ambar qildik. Ularning barchasiga rahmatimizdan ato qildik va ularga juda oliy sodiqlik tilini (ya’ni tavhid da’vatchilari, haqiqatni so‘zlovchi) qilib berdik.” (Maryam: 49–50) Endi bizning davrimizda odamlar farzandlari haqida osmon-osmon orzular qilishadi: katta-katta xarajatlar bilan o‘qitishadi. Lekin kofir qavmdan ajralmasdan, ularning yo‘llaridan voz kechmasdan turib, farzandining katta ahli ilm va da’vatchi solihlardan bo‘lishini orzu qiladi. Halbuki, bunday yo‘l bilan bu orzu ro‘yobga chiqmaydi. Undan ko‘ra farzandingizga dehqonchilikni, halol mehnatni o‘rgating — fitrati salomat bo‘lib ulg‘ayadi. Aks holda u katta tog‘utning xizmatchisi bo‘lib yetishadi!
Misrga kelayotganimizda biz bilan hamroh bo‘lgan bir do‘stimizning ahli oilasi unga shunday degan edi: «Odamlar 10 yillab o‘qiydigan narsani sen 1–2 yilda o‘qib tugatgin-da, tezroq uyga qayt.» Ko‘plab tolibi ilmlarning oyog‘iga bolta uradigan narsa mana shu ota-onalarning qistovidir. Ha, odamlar 10 yilda oladigan ilmni 1–2 yilda olish mumkin, lekin aqida, iymon va tarbiyani bunday tezlikda egallab bo‘lmaydi! Shu bois Qur’onni bugun odamlar 1 yilda yodlab qo‘yishi mumkin, ammo sahobalarga bu ta’lim 23 yilda berilgan! Yoki Imom Buxoriyning mashhur asari Sahihul Buxoriy yozilishi uchun 16 yil, Imom Muslimning Sahihi Muslim kitobi uchun 15 yil, Sahihul Buxoriyga yozilgan eng mo‘tabar sharh — Fathul-Boriyni yozish uchun esa 25 yil vaqt ketgan! Endi shuncha olimlar yarim umrini bag‘ishlagan ilmni olish uchun siz farzandingizga atigi 1–2 yil fursat berib, “keyin qaytgin” deb qistash — naqadar xato! Ibnu Javziy rahimahulloh aytadilar: “Archa daraxti bilan oshqovoq bahslashib qolibdi. Oshqovoq dedi: Sen ham daraxtsan, men ham daraxtman. Senda ham barg bor, menda ham. Lekin sen bir meva berishing uchun 30 yil kutish kerak! Ammo men esa har ikki haftada meva beraman! Shunda archa aytdi: To‘g‘ri! Lekin kuz kelsin, ko‘ramiz” Ya’ni kuz kelganda oshqovoqdan asar ham qolmaydi, chirib yo‘q bo‘lib ketadi. Ammo archa esa qishi bilan yam-yashil turadi. Tolibi ilmlar ham shunday: 1–2 yil o‘qib tashlab ketganlar — oshqovoqqa o‘xshab, bir fitna kelganda chirib tamom bo‘ladi. Ammo archalar kabi sabr qilganlar, yillar davomida tarbiya va iymon bilan pishganlar, har qanday qaqshatqich sovuqlarga ham dosh beradilar! (Eslatma: arab tilida oshqovoqqa ham “daraxt” deyiladi.)
Internet tarmoqlaridagi aloqa vositalari (Facebook, Telegram, WhatsApp, Instagram)dan foydalanadigan, har xil guruhlar ochib xabarlar tarqatadigan va shularni o‘qib yuradiganlarga (barchamizga) juda zarur eslatma: Alloh taolo aytdi: “Albatta, quloq, ko‘z va qalb — bularning barchasi mas’uldir.” Qaysi jamoatga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxsiyatini yoki jamoatini himoya qilaman deb internetda talashib, odamlarni zikr va ibodatdan chalg‘itib, vaqtini va himmatini o‘g‘irlayotganlar — Allohdan qo‘rqinglar! Alloh taolo aytdi: “Ey iymon keltirganlar, sizlarning mol-dunyolaringiz va bola-chaqalaringiz Allohning zikridan chalg‘itib qo‘ymasin.” Endi na dunyoga, na oxiratga foydasi bo‘lmagan narsalar bilan odamlarni chalg‘itib yurish ham batariqu a’lo — shu oyat ostiga kiradi! Alloh taolo yana aytdi: “Odamlarning narsalarini urib qolmanglar.” (Shuaro 183) Odamlardagi eng qimmatli narsa bu — vaqt. Behuda gaplar yozib, tarqatib, odamlarning vaqtini urib qolmang! Rasululloh ﷺ aytdilar: “Odamlarga yaxshilik qila olmasangiz, hech bo‘lmasa, yomonligingizni tiyib turing. Bu ham sadaqadir.” Bugun sizning yoki domlangizning obro‘sidan-da muhimroq ishlar bor! Yoshlarning vaqti va himmatini bunday narsalarga suiste’mol qilmanglar!
Inson qanchalik johiliyat tuzumi ostida yashasa, shunchalik fitratdan uzoqlashadi va o‘z-o‘zidan haqni qabul qilishi unga qiyinlashadi! Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrida deyarli chollar iymon keltirmadi. Aksariyat iymon keltirganlar — johiliyat hayoti bilan fitratlari buzilmagan yosh yigitlar edi. Alloh taolo Muso alayhissalom haqida aytadi: «Musoga qavmidan faqat zurriyotlargina iymon keltirdi, ular ham Fir‘avn va uning guruhi fitnasi (azobidan) qo‘rqib turgan holatda edilar!» (Yunus: 83). Islom tarqalishida yoshlarning ahamiyatini yahudlar yaxshi bilishardi. Shuning uchun ular musulmonlarning g‘ayratini pasaytirishga urinardi. Bu haqida Imom Buxoriyda rivoyat keltiriladi: “Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhumo Madinada tavallud topgach, butun musulmonlar bundan qattiq xursand bo‘lishdi! Chunki u kishi Madinaga hijratdan so‘ng tug‘ilgan birinchi chaqaloq, xijratning ilk mevasi edilar.” O‘sha davrda odamlar orasida gap yurar edi: «Yahudlar musulmonlarni sehrlab bepusht qilib qo‘yishdi. Ular yaqinda birin-ketin o‘lib, bu yo‘l butunlay yo‘qoladi» — deyishardi. Ammo bu gaplar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Bundan olinadigan ibrat shuki: Dushman qarilardan qo‘rqmaydi, ularni oson eplaydi! Dushmanning haqiqiy g‘ami yoshlarda! Shu bois bugungi yoshlarning holi og‘ir: uyat va sharmandalik shundaki, 20–30 yoshga kirib ham “din g‘amida nima qilsak ekan?” deb o‘ylash o‘rniga, telefon o‘ynab, bekorchi kino ko‘rib vaqtni zoye qilmoqda!