Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Biz Abu Hanifa rahimahulloh Xalifaga qozi bo'lishni istamaganliklari uchun ko'p zulm ko'rganliklarini bilamiz. Ammo hozirgi ba'zi saroyga xizmat qiluvchi kishilarga Abu Hanifa rahimahullohning bu ishlari aytilsa, o'zlariga Abu Hanifa rahimahullohning eng yaqin shogirdlaridan bo'lgan Abu Yusuf rahimahulloh Xalifaga qozi bo'lganliklarini keltirishadi. Rostdan ham Abu Yusuf rahimahullohning bu ishlarini qanday tushunishimiz kerak? Va yana Abu Yusuf rahimahullohning zamondoshlari imom Muhammad rahimahulloh Xalifaga qozi bo'lishni istamagan ekanlar. Va o'sha davrdagi xalq ham fatvo so'rash uchun Abu Yusuf rahimahullohning yonlariga emas, balki mustaqil bo'lgan imom Muhammad rahimahullohning huzurlariga borishgan ekan. Yuqoridagi bu holatni ham qanday tushunishimiz kerak?