Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Arafa kuni ro'za tutish uchun saharlikka turib erimni ham uyg'otishga harakat qildim, ikki marta qayta-qayta harakat qildim, lekin uyg'ota olmadim. O'zim ro'za tutib oldim, u bomdodga ham uyg'onmadi, kunduzi soat 12 da qazo qilib bomdodni o'qidilar. Keyin Arafa kuni va ro'zaning fazilatlarini aytib, niyat qilib oling deb targ'ib qildim, xo'p dedi, lekin bilib turib mendan haqqini xohladi. Ro'zam buzilmasin deb iltimos qildim, unamadilar. Men nafl ro'zani doim so'rab tutardim, faqat shu kuni so'rash esimdan chiqibdi. Erimga itoat qildim, ro'zadan mahrum bo'ldim. Keyin Arafa kungi ro'zaga erdan ruxsat so'ralmaydi, er o'zi ham tutishi kerak bo'ladi deb eshitib qoldim. Shunda men xo'jayinimga itoat qilib xato qilib qo'ydimmi?