Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Savol joriyalar haqida. Bizga yetdiki, agar ular asira bo'lsa, nikohsiz ularga yaqinlik qilishga ruxsat bor. Endi ikkita savolim bor. Birinchisi: aytaylik, asir bo'lgan ayolning eri bo'lsa va bolalari bo'lsa, u ayolga rahm qilib qo'yvoriladimi? Yoki ularni ajratib olinadimi? Shunga o'xshagan holatlarda nima qilish kerak? Ikkinchisi: bir joyda sizdan eshituvdim, menimcha, ikki sahoba bir joriyani birga foydalanishgan deb, shu narsaga ham oydinlik kiritsangiz? Hozirgi paytda bu eshitilsa g'ayrioddiy holatdek sezilyapti. "Sizga nima nafi bor?" deb so'rasangiz, shu holatga ancha o'ylanib qoldim, xuddi bu joriyalarga jabr bo'lgandek tushunib. Alloh kechirsin agar noto'g'ri o'ylagan bo'lsam. Qalbimda xotirjamlik bo'lsin deb shuni so'radim. Ko'p joydan javobni izladim, ammo topolmadim. Katta rahmat.