Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bir birodarim bilan suhbatlashgandim, men unga "Ozbekistonda hozir dinga qattiqliklar bo'lyapti" degandim. U "nima qattiqlik bo'lyapti, mana sunnatga muvofiq kiyim, soqol, besh mahal masjidga chiqib kelyapmiz, hamma narsa qilsa bo'lyapti, yana qanday erkinlik bo'lishi mumkin" dedi. Keyin "Hindistonda katta ulamo bor, u hukumatdagilarni najas chiqargan, qonunlari ham deb ochiq aytadi, 15 mln odamga; unga hech kim, hukumat ham hech nima qilmaydi" dedi. Nimaga desam, "u Allohga qattiq bog'langan, hamma hojatini Allohdan so'raydi, shuning uchun" dedi. "Nega biznikilar chetga u yoq-bu yoqqa chiqib ketadi, hali o'zini tuzatmagan; oldin nafsimizni, o'zimizni tuzatib, keyin boshqa mavzularga o'tish kerak" dedi. "Nega bizga bunday bo'lyapti? Biz shunga loyiqmiz. Agar haqiqiy Allohga bog'lanib, hamma hojatimizni Allohdan so'rab, o'zimizni tuzatsak, bu hukumatni bizga bo'y sindirib qo'yadi Alloh" dedi. Bu gaplari haqida nima deysiz, ustoz, oydinlik kiritib bersangiz?