Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bitta birodarim ikkinchisi bilan urishib qolgan, oralarida kelishmovchilik bo'lgan. Haq ustidami, nima ustida bilmayman, menga ikkisi ham birodar. Bir kuni birinchi birodarim avtohalokatga uchradi, oilasiga sinov keldi. Ahli ilm, taqvoli deb bilaman shu birodarimni. Ikkinchi birodarim esa "mana, mening dilimni og'ritgandi, Alloh jazosini berdi, Alloh shunday, dil og'ritgandi jazosini shunday beradi-da, qalb og'ritish kerak emas" dedi. Bu gap menga juda boshqacha eshitildi. Qanday qilib bir birodarimizning qadarida bo'ladigan hodisasini Allohning jazosi deyolamiz, yoki rahmati? Shu to'g'rimi?