Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Men oldin ilmsizlik va johillik bilan ko'p va'dalarimni buzganman, qasam ichib bajarolmay qo'yganman, yolg'on ham ishlatganman. Hozirgi vaqtda shu qilgan ishlarimning ziyonini hayotimda ko'p ko'ryapman: oilaviy hayotim tinch emas, ibodat tarafidan ham xushu' yo'q, go'yoki xayolimda Alloh meni tark qilganday his qilyapman, nima ishga qo'l ursam teskarisi ketadi. Xo'jayinim tarafidan ham "shu qilgan ishlaringiz uchun Alloh tarafidan la'natga uchragansiz, vallohu a'lam" degan so'zlar ham eshityapman. O'zimni tobora botqoqqa botib boryotganday his qilyapman. Qo'limdan kelgancha istig'for aytyapman, zikr qilyapman, lekin baribir qilgan ishimga ko'nglim to'lmayapti. Shunaqa zalolatga uchrab chiqolmay yurgan insonlarga boshidan boshlab nima ish qilishni maslahat bersangiz yaxshi bo'lardi.