Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Ro‘zador kishining burnidan qon ketishining hukmi qanday? Chunki men shu holatga duch keldim.
Agar ish siz aytganingizdek bo‘lsa, ro‘zangiz durust. Chunki burningizning qonashi (qon ketishi) sizning ixtiyoringiz bilan sodir bo‘lmagan. Bunga shariatning yengilligini ko‘rsatuvchi dalillar dalolat qiladi, jumladan, Alloh taoloning ushbu so‘zi:
﴿لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا﴾
«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga buyurmaydi» (Baqara: 286).
Shuningdek, Alloh taoloning quyidagi so‘zi:
﴿مَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ حَرَجٍ﴾
«Alloh sizlarga mashaqqat qilmoqni istamaydi» (Moyida: 6).
Tavfiq Allohdandir. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga Allohning salot-u salomlari bo‘lsin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita 10 / 264.